0
Ulashish
543 marta koʻrilgan
1877–1914
Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy
Mirzo Sirojiddin 1877-yil 23-oktabrda Ismoilxo‘ja otaliq mahallasida Hoji Abdurauf Mirzoxurdboy savdogar oilasida dunyoga kelgan. Hoji Abdurauf Sirojiddin 10 yoshga to‘lganida, axloq, tarix, adabiyot, riyoziyot hamda arab tilini o‘rganishi uchun shaxsiy muallim tayinlaydi. 1889-yildan boshlab, Hoji Abdurauf 12 yoshli o’g’li Mirzo Sirojiddinga savdo ishini va rus tilini o‘rgatadi hamda 1890-1891-yillarda Yangi Buxoro shahrida ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim olishini taʼminlaydi. Mirzo Sirojiddin bu maktabda geografiya, ingliz tili va buxgalterlik ishini o‘rganadi. 1891-yilda Hoji Abdurauf Mirzoxurd Parijda o‘qib kelgan o‘zbek o‘qituvchisini 14 yoshli o’g’liga fransuz tilini o‘rgatishi uchun yollaydi va Mirzo Sirojiddin 6 oy davomida fransuz tilini o’rganadi. Maqolada Mirzo Sirojiddin haqidagi boshqa ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.