Orqaga

882 marta koʻrilgan

1875–1934

Mirzo Аbdulvohid Burhonov — Munzim

Buxoroda jadidchilikning vujudga kelishi va rivojlanib borishida taraqqiyparvar va maʼrifatparvar muallim, noshir, xattot va shoir Abduvohid Burhonzoda Buxoriyning xizmatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Abduvohid Burhonzoda 1875-yili Buxoro shahrida tug’ilgan. Ota-onasidan erta yetim qolgach, uni Buxoro amirligida uzoq yillar qozilik qilgan Sadr Ziyo o’z qaramog’iga oladi. Sadr Ziyo Abduvohid Burhonzodaning maktab va madrasada tahsil olishiga moddiy va maʼnaviy jihatdan ko’maklashadi. Shuningdek, unga xattotlik sirlarini o‘rgatib, ustozlik qiladi. Maqolada serqiira ma’rifatarvar Abduvohid Buxoriy hayot va ijod yo’liga bag’ishlangan ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.