0
Ulashish
542 marta koʻrilgan
1433–1498
Mirxond
Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoliddin Mahmud al-Balxiy — Mirxond o’rta asr tarix fanining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari buxorolik bo’lib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur bo’lgan. Ulardan Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy (vafoti taxminan 1300-yil) fiqh ilmida peshqadam olim bo’lganligi uchun «toj ash-sharia» (shariat toji) nomi bilan shuhrat qozongan va Sharqning mashhur fiqh olimi Sayyid Burhoniddin Marg’inoniyning «Hidoya» asariga «Viqoya ur-rivoyat fi inasoil ul-Hidoya» («Hidoya masalalarini himoya qiluvchi rivoyatlar») nomli sharh yozgan. Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Mahbubiy (vafoti 1346-yil) «toj ash-sharia soniy» (ikkinchi shariat toji) nomi bilan tanilgan va «Sharh ul-viqoya», «An-nihoya muxtasar ul-viqoya» nomli mashhur kitoblar yozib qoldirgan. Mirxondning otasi Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ham o’z davrining bilimdon kishilaridan bo’lib, Temuriylar hukmronligi davrida Balxga kelib qolgan va o’sha yerda vafot etgan.