Orqaga

815 marta koʻrilgan

m. a. 1000-yil

Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston

Mil. avv. VII-VI asrlarda Hindistonda Magadha,Koshala, Malla kabi davlatlar vujudga keladi. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoni zabt etganidan so’ng Panjob o’lkasi hududiga bostirib kiradi. O’lka aholisi bosqinchilarga qarshilik ko’rsatadi. Aleksandr qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib borib, shundan keyin Bobilga qaytib ketadi. Aleksandr qoldirgan qo’shin mahalliy aholining qarshiligiga bardosh bera olmay, Hindistondan ketishga majbur bo’ladi. Yunon-Makedon qo’shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi Chandragupta sardorlik qiladi va keyinchalik Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o’z tarkibiga olgan Maurya davlatiga asos solgan.