Orqaga

756 marta koʻrilgan

XIX–XX

Me’morchilik va tasviriy san’at

XIX asr oxiri–XX asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy tanazzul, o’zaro urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi guruhlarga qarshi kurashi, shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyotga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi o’lka taraqqiyotida og’ir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari o’zbek me’morchiligini ham chetlab o’tmadi. Shunday bo’lsa-da, bu davr milliy me’morchiligida betakrorlik va rang-baranglik hamda an’anaviy arxitektura saqlanib qoldi.