0
Ulashish
543 marta koʻrilgan
1463/64–1542
Maxdumi A’zam
Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi A’zamning to’liq ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir. U Farg’ona vodiysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840–1212) sulolasiga mansub sultonlardan Burhoniddin Qilich ( XI asr) avlodlaridan bo’lib, onasi esa Koson sayyidlari oilalariga mansub edi. Maxdumi A’zam ilk ta’limni Koson maktablaridan birida olgan. So’ng Axsikatda, Xoja Muborak madrasasida o’qishni davom ettiradi. Kosoniyning domlasi Mulla Ziyo o’z shogirdining a’lo darajadagi qobiliyatini e’tiborga olib, unga «ilm uz-zohir» (oddiy, umumiy ilmlar)dan yaxshi ta’lim beradi va shu bilan birga «ilm ul-botin»ni chuqur o’rgatadi.