Orqaga
867-yil: Makedoniyaliklar sulolasi davrida Vizantiya imperiyasining qayta tiklanishi.

1032 marta koʻrilgan

867-yil

Maqduniylar sulolasi davrida Vizantiya imperiyasining qayta tiklanishi

Makedoniyaliklar davrida, umuman, 1025-yilda Vasiliy IIʼning o‘limiga qadar imperiya oltin davrni boshdan kechirdi. Imperiya qo‘shinlari Sharqda arablarga qarshi tashabbusni qayta qo‘lga kiritdi. Missionerlar Rossiya va Bolqonda Vizantiya taʼsir doirasini kengaytirib, slavyan xalqining nasroniylik dinini qabul qilishiga erishdi. Ko‘plab imperatorlarning qo‘pol feʼl-atvoriga qaramay, bu vaqt Vizantiya aholisi uchun uyg‘onish davri bo‘lib xizmat qildi. Huquq va boshqaruv sohalarida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Shu bilan birga, davlatda parchalanish alomatlari ham yo‘q emasdi: resurslar dahshatli darajada isrof qilindi, G‘arbdan uzoqlashish kuchayib bordi.

Imperiya nazariy jihatdan vorislik huquqiga ega bo‘lmagan saylanuvchi monarxiya edi. Ammo sulolaga asos solish va mustahkamlash haqidagi kuchli istak xalq hissiyotlari yordamida rag‘batlantirildi. Bu hodisa, ayniqsa, 867-yilda taxtga qotillik orqali erishgan imperator Vasiliy I asos solgan Makedon sulolasiga juda mos keladi. Kelib chiqishi arman deb taxmin qilinsa-da, Makedoniyada qo‘nim topgan Vasiliyning oilasi boshqalardan umuman ajralib turmagan. Shu tufayli bu oiladan taxtda 6 avlod hamda 189 yil hukmronlik qilgan imperatorlar qatori chiqishini kutish qiyin masala edi.

867-yil: Makedoniyaliklar sulolasi davrida Vizantiya imperiyasining qayta tiklanishi.

Imperator Vasiliy II  (976-1025) / wikipedia.org

Biroq imperator tojini qo‘lga kiritgan Vasiliy oilasining taxtdan uzoqlashmasligiga ishonch hosil qilib, uch o‘g‘lini ham sherik imperator etib tayinlaydi. Garchi Vasiliyning eng xushlamagan merosxo‘ri — Lev VI Dono 886-yilda o‘rnini egallagan bo‘lsa-da, vorisiylik xavfsiz qolgan edi. Hatto maqduniylar davrida taxtni tortib olgan uch harbiy sarkarda ham qonuniy vorisning huquqlarini himoya qilish borasida turli darajada xabardor edi – Roman I Lakapin Leo VIʼning o‘g‘li Konstantin VII uchun, Nikifor Foka hamda Ioan Simisxiy Konstantin VIIʼning nevarasi Vasiliy II uchun kurashdi.



Manba: britannica.com
Muqova surat: freepik.com