0
Ulashish
800 marta koʻrilgan
1886–1938
Majid Qodiriy (Qodirov)
Majid Qodiriy Toshkent shahrining Shayxontohur dahasidagi Qoryog’di mahallasida, dindor oilada, 1886-yil 2-oktabrda tavallud topgan. Otasi Abdul Qodirxonqori diniy idora xodimi bо’lgan. Toshkentning eski shahar qismidagi maktablardan birida ta’lim olgan. Sо’ngra madrasada tahsilini tamomlagan. U fors, arab, usmoniy turk, rus va ingliz tillarini mukammal bilgan. Dastlabki mehnat faoliyatini Toshkentdagi eski usul maktabida boshlagan. 1906-yildan boshlab rus-tuzem va yangi usul maktablarida ta’lim bergan. U 1917-yildagi oktabr tо’ntarilishiga qadar Toshkentdagi о’rta maktablarda dars bergan hamda ularda mudirlik qilgan. Toshkentda jadidchilik harakati tomonidan tashkil etilgan «6-Turon maktabi»ga mudirlik qilgan. Maqolada Majid Qodiriy haqida batafsil so’z boradi.