1
Ulashish
716 marta koʻrilgan
1420–1530
Machu Pikchu
Machu Picchu (talaffuzi: Machu Pikchu) 15-asrda bunyod etilgan balandligi 2430 metr bo’lgan Janubiy Peruning Sharqidagi Kordilyera tog’ tizmasida joylashgan. Tarixiy yodgorlik Urubamba viloyati Machupikchu tumani yuqorisida, Muqaddas Vodiydan 80 kilometr shimoli-g’arbda joylashgan. Urubamba daryosi uning yonidan Kordilyerani kesib o’tib, tropik tog’ iqlimi bilan Kanyon hosil qiladi. Inklar mayyalardan farqli o’laroq, yozma tilga ega emas edilar va ma’lum bo’lishicha, 19-asrga qadar hech bir yevropalik bu yerga tashrif buyurmagan. Shu sababli, ushbu hududga doir yozma manbalar deyarli yo’q. Binolarning nomlari, ularning taxminiy foydalanish joylari va ularning aholisi zamonaviy arxeologlarning mahsuli bo’lib, ashyoviy dalillar, jumladan, o’sha joydagi qabrlar asosida yaratilgan.