Orqaga

252 marta koʻrilgan

1893–1969

Lutfullo Olimiy

Lutfulla Olimiy — o’qituvchi va jurnalist. Namangan madrasalarining birida tahsil ko’rgach, 1916-yilda Ufaga borib, Madrasai Oliyada o’qigan. 1917-yil Fevral voqealaridan keyin yurtiga qaytib, Namanganda tashkil etilgan «Namuna» maktabida o’qituvchi, shahar xalq maorif bo’limi, madaniy oqartuv muassasida mudir, shahar ijroiya qo’mitasida kotib bo’lib ishlagan. Ayni paytda «Nashri maorif» jamiyati viloyat bo’limining kotibi. So’ng Qo’qonga ko’chib borib, 1930-yilga qadar «Farg’ona» gazetasida muharrir o’rinbosari va muharrir lavozimlarida xizmat qilgan. Maqolada Lutfullo Olimiy hayot yo’li va faoliyati qamrab olingan ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.