Orqaga

960 marta koʻrilgan

XIX asr

Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashi

Mustaqillik uchun kurashning boshlanishi Lotin Amerikasi mamlakatlari hamon Ispaniya mustamlakasi edi. Ispaniya hukmron tabaqalari mustamlakachilik zulmini tobora kuchaytirgan. Chunonchi, Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar, generallar va boshqa zobitlar mustamlakalarda katta boylik jamg’ardi. Ular kreollarga mensimay qarardi. Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar va ruhoniylar tabaqalari mavjud edi. Ispaniya amaldorlari kreollarni mustamlakalardagi oliy ma’muriy lavozimlarga yo’latmas hamda takabburona muomala qilar edi. Kreollar Ispaniya xazinasiga to’lanadigan og’ir soliqlardan, mustamlakachi amaldorlarning beboshligidan va davlatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi taqiqlanganidan aziyat chekkan.