5
Ulashish
863 marta koʻrilgan
30–375
Kushon sulolasi
Kushon imperiyasi I asr boshlarida Oʻrta Osiyoning sharqiy qismida yashagan etnik jihatdan hind-yevropalik koʻchmanchilar uyushmasi boʻlgan Yuyechjilar birlashmasi sifatida boshlangan. Kushon sulolasi, shuningdek, hukmron sulolalardan biri boʻlib, eramizning dastlabki III asrida Shimoliy Hindiston yarim-qitʼasi, Afgʻoniston va Markaziy Osiyoning baʼzi qismlarida hukmronlik qilgan. Yuyechjilar Baqtriyani miloddan avvalgi II asrda bosib oladi va mamlakat 5 hokimlikka boʻlinadi. Ulardan biri Kushonlar (Guyshuan) edi. Yuz yillardan soʻng Kushon hukmdori Kujula Kadfiz (Kiotszyuko) Yuyechji qirolligining siyosiy birligini taʼminladi.
Kushon imperiyasi butun hukmronligi davrida Janubiy Osiyoning katta qismida hozirgi Afgʻonistongacha va butun Hindiston yarimoroli boʻylab oʻz nazoratini oʻrnatdi. Shu bilan birga zardushtiylik, buddizm va ellinistik eʼtiqodlar ham sharqda Xitoy va gʻarbda Forsga qadar tarqaldi.
Kanishka I (milodiy I asr) va uning avlodlari davrida Kushon podsholigi oʻz taraqqiyotining choʻqqisiga erishadi. Bu davlat Yevrosiyoning oʻsha davrdagi eng buyuk 4 qudratli davlatidan biri (Xitoy, Rim va Parfiya bilan birgalikda) deb tan olinadi. Kushoniylar Markaziy Osiyoda va Xitoyda buddaviylikning tarqalishi hamda Mahayana buddaviyligi, Gandhara va Mathura sanʼat maktabi rivojlanishida katta hissa qoʻshgan.
Imperiyaning vujudga kelishi
Taxminan milodiy 20 yoki 30-yillarda kushonlarni hun qabilalarining shafqatsiz ajdodlari boʻlgan Xiongnular gʻarbga tomon siqib chiqargan. Soʻng kushonlar hozirgi Afgʻoniston, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekistonning chegaradosh hududlariga qochib, oʻsha hududda Baqtriya deb atalgan mustaqil imperiyaga asos soladi. Baqtriyada ular skiflar va mahalliy hind-yunon podshohliklarini bosib oldi. Ushbu markaziy joylashuvda Kushon imperiyasi Xitoydagi xanlar, Forsdagi sosoniylar va Rim imperiyasi xalqlari oʻrtasidagi boy savdo markaziga aylandi.
Rim oltini va Xitoy ipaklari Kushon imperiyasida qoʻldan qoʻlga oʻtib, kushonlik olibsotarlar (savdodagi vositachi odamlar)ga yaxshigina foyda keltirdi. Kushoniylar asosan yirik oltin tangalar ishlab chiqaruvchi Rim bilan savdo-sotiqni yoʻlga qoʻygani ortidan farovonlikka erishadi. Yunon, Rim, Eron, hind buddaviylik ilohlari aks etgan hamda yunon harflari bitilgan ushbu tangalar Kushon imperiyasida hukm surgan sinkretizm dini va sanʼatdagi bagʻrikengligini koʻrsatadi.
Kushonlar oʻz davrining buyuk imperiyalari bilan oʻrnatgan barcha aloqalaridan kelib chiqib, ularning boshqa koʻplab manbalaridan oʻzlashtirgan muhim elementlarni oʻz ichiga olgan yangi madaniyatni rivojlantirganini koʻrish mumkin. Asosan zardushtiylik dinida boʻlgan kushonlar buddistlik va ellinistik eʼtiqodlarni ham oʻzining sinkretik (turli din, madaniyat yoki qarashlarni birlashtirish) diniy urf-odatlari tarkibiga kiritadi. Kushon tangalarida Helios va Gerakl, Budda, Shakyamuni Budda, Ahura Mazda, Mitra hamda zardushtiylik olov xudosi Atar kabilar tasvirlangan. Ular kushon tiliga mos ravishda oʻzgartirilgan yunon alifbosidan ham foydalangan.
Imperiyaning yuksalishi
Beshinchi imperator Buyuk Kanishka (shuningdek, xitoycha Chia-ni-se-chia) Kushon sulolasining eng buyuk hukmdoridan biri boʻlib, 127–140-yillarda hukmronlik qilgan. Uning hukmronligi 23 yil davom etgan boʻlib, u bagʻrikeng hukmdor edi. U hukmronligi davrida Ipak yoʻli orqali Rim imperiyasi bilan oʻrnatilgan aloqalar savdo-sotiq hamda gʻoyalar almashinuvining sezilarli yuksalishiga sabab boʻladi.
Gandhara sanʼat maktabi Kanishka podsholigidagi sharq va gʻarb taʼsirining ajoyib namunasi boʻlib, unda Budda suratlarida yunon-rim chiziqlari aksini koʻrish mumkin boʻlgan. Kanishka dindor buddistlik borasida Mauriya imperatori Buyuk Ashokaga taqqoslangan. Uning zamonidagi tangalar Kanishkaning Buddadan tashqari zardushtiylik, yunon va Brahman ilohlarini ham hurmat qilganidan dalolat beradi.
Biroq dalillar shuni koʻrsatadiki, u oliy sudya va serobgarchilik ilohi boʻlgan fors xudosi Mitraga sigʻinardi. U haqidagi maʼlumotlar Xitoy manbalari, xususan, buddaviylik yozuvlarida aks etgan. Shuningdek, Kanishka oʻz hukmronligi davrida stupa (budda ibodatxonasi sifatida qurilgan gumbaz shaklidagi bino) qurdirgan boʻlib, xitoylik sayohatchilarning maʼlum qilishicha, uning balandligi taxminan 183 metrni tashkil etgan va qimmatbaho toshlar bilan qoplangan ekan.Tarixchilar bu xabarlarni toki 1908-yilda Peshovarda mazkur ajoyib inshootning asosi topilgunga qadar uydirma deb hisoblashgan.
Imperator ushbu stupani Buddaning suyaklaridan uchtasini joylashtirish maqsadida qurdirgan. Xitoyning Dunxuang shahridagi Buddist kitoblari orasida stupaga oid havolalar topilgan.
Kanishka va Markaziy Osiyodagi xitoyliklar orasidagi aloqa hind gʻoyalarining, jumladan, buddaviylikning Xitoyga kirishiga turtki boʻlgan deb hisoblanadi. Xitoyda buddaviylik milodiy II asrda paydo boʻla boshlagan. Shuningdek, buddaviylik homiysi sifatida Kanishka Mahayana buddaviyligi ibtidosi boʻlgan Kashmirdagi toʻrtinchi yirik buddaviylik kengashini chaqirgan. Xitoy manbalarida keltirilishicha, bu kengashda buddaviylik qoidalariga ruxsat berilgan sharhlar tayyorlanib, mis plitalarga oʻyib yozilgan. Ushbu matnlar faqatgina xitoycha tarjima va moslashuvlarda saqlanib qolgan.
Uning hukmronligi davrida Kushon imperiyasi hududi Hindiston yarim-qitʼasining shimoli, Afgʻoniston, Markaziy Osiyo va Kashmir viloyatidan shimolga tomon va sharqdan Tarim havzasigacha — kushonlarning asl vatani boʻlgan yerlargacha kengaydi. Kanishka imperiyani Peshovardan (hozirgi Pokiston) turib boshqargan, ammo uning imperiyasi hozirgi Shinjon yoki Sharqiy Turkiston hududidagi yirik Ipak yoʻli shaharlari — Qashqar, Yorkand va Xoʻtanni ham oʻz ichiga olgan.
Hukmronligi davrida Kanishka stupa (budda ibodatxonasi sifatida qurilgan gumbaz shaklidagi bino) qurdirgan, xitoylik sayohatchilarning maʼlum qilishicha, uning balandligi taxminan 183 metr boʻlib, qimmatbaho toshlar bilan qoplangan ekan. Tarixchilar bu xabarlarni toki 1908-yilda Peshovarda bu ajoyib inshootning asosi topilgunga qadar uydirma deb hisoblagan. Imperator bu ajoyib stupani Budda suyaklaridan uchtasini joylashtirish uchun qurdirgan. Oʻshandan beri Xitoyning Dunxuang shahridagi Buddist kitoblari orasida stupaga havolalar topilgan. Kanishka va Markaziy Osiyodagi xitoyliklar orasidagi aloqa hind gʻoyalarining, jumladan, buddaviylikning Xitoyga kirishiga turtki boʻlgan deb hisoblanadi. Xitoyda buddaviylik milodiy II asrda paydo boʻla boshlagan.
Zaiflashish va qulash
Milodiy 225-yildan keyin Kushon imperiyasi deyarli Fors Sosoniylar imperiyasi tomonidan bosib olinib, gʻarbiy qism va poytaxti Panjobda boʻlgan sharqiy qismga boʻlinib ketdi. Sharqiy Kushon imperiyasi taxminan miloddan avvalgi 335–350-yillar oraligʻida Gupta shohi Samudragupta tomonidan qulatilgan. Shunga qaramay, Kushon imperiyasining taʼsiri buddizmning Janubiy va Sharqiy Osiyoning koʻp qismida tarqalishiga yordam berdi. Afsuski, kushonlarning koʻplab amaliyoti, eʼtiqodi, sanʼat va matnlari imperiya qulaganida vayron boʻlgan. Xitoy imperiyalarining tarixiy solnomalari boʻlmaganda, ehtimol, bu tarix abadiy yoʻqolgan boʻlishi mumkin edi.
Manba: thoughtco.com
Muqova surat: midjourney.com