Orqaga

776 marta koʻrilgan

I asr

Kushon davlati

Mil. avv. 140 –130-yillar oralig’ida ko’chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o’rnashadi va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig’i barcha yuechji mulklarini o’z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi. Birlashgan yuechji qabilalarining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo’lgan. Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg’oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo’shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi. Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovarga ko’chiriladi, Kushon podsholigi esa ulkan davlatga aylanadi.