Orqaga
Kriptovalyuta bu — tranzaksiyalarni tekshirish uchun banklarga murojaat qilmaydigan raqamli toʻlov tizimi.

1232 marta koʻrilgan

2009-yil

Kriptovalyuta

Baʼzan kripto deb ataladigan kriptovalyuta raqamli yoki virtual shaklda mavjud boʻlgan va tranzaksiyalarni taʼminlash uchun kriptografiyadan foydalanadigan har qanday valyuta shaklidir. Kriptovalyutalar markaziy buyruq chiqaruvchi yoki tartibga soluvchi hokimiyatga ega emas, aksincha, tranzaksiyalarni qayd qilish va yangi birliklarni chiqarish uchun markazlashmagan tizimdan foydalanadi.

Kriptovalyuta bu — tranzaksiyalarni tekshirish uchun banklarga murojaat qilmaydigan raqamli toʻlov tizimi. Bu har kimga istalgan joyda toʻlovlarni joʻnatish va qabul qilish imkoniyatini beradigan piring (fayllar va tashqi qurilmalarga umumiy kirish imkonini beradigan) tizimidir. Mavjud dunyoda ayirboshlanadigan va almashtiriladigan jismoniy pul oʻrniga, kriptovalyuta toʻlovlari aniq operatsiyalarni tavsiflovchi onlayn maʼlumotlar bazasida raqamli yozuvlar sifatida mavjuddir. Kriptovalyuta mablagʻini oʻtkazganingizda, tranzaksiyalar umumiy hisob-kitoblar daftarida qayd etiladi. Kriptovalyuta raqamli hamyonlarda saqlanadi. Kriptovalyutaga bu nom pul oʻtkazmalarini tasdiqlashda kodlardan foydalangani uchun berilgan. Bunday rivojlangan kodlash kriptovalyuta maʼlumotlarini hamyonlar oʻrtasida saqlash va ommaviy hisob-kitob daftarlariga uzatishda ishtirok etishini anglatadi. Shifrlashning maqsadi xavfsizlikni taʼminlashdir. Ilk kriptovalyuta bitkoin boʻlib, u 2009-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda eng mashhuri boʻlib qolmoqda. Kriptovalyutalarga boʻlgan qiziqishning aksariyati foyda olish uchun savdo qilishdir va ayrim paytlarda chayqovchilar narxlarni osmonga koʻtarib ham yuboradi.

Kriptovalyuta qanday ishlaydi?

Kriptovalyutalar blockchain deb nomlanuvchi taqsimlangan ommaviy hisob-kitob daftarida ishlaydi, bu valyuta egalari tomonidan yangilanib saqlanadigan barcha pul oʻtkazmalari qaydnomasidir. Kriptovalyuta birliklari tanga ishlab chiqaradigan murakkab matematik muammolarni hal qilish uchun kompyuter quvvatidan foydalanishni oʻz ichiga olgan “konchilik” deb ataladigan jarayon orqali yaratiladi. Shuningdek, foydalanuvchilar valyutalarni brokerlardan sotib olishi, keyin ularni kriptografik hamyonlar yordamida saqlashi va sarflashi mumkin. Agar sizning kriptovalyutangiz bor boʻlsa, unda qoʻlingiz bilan ushlab koʻrishingiz mumkin boʻlgan hech narsangiz yoʻq. Siz egalik qilishingiz mumkin boʻlgan narsa bu — uchinchi shaxs aralashuvisiz yozuv yoki pul miqdorini bir shaxsdan boshqasiga oʻtkazish imkonini beruvchi kalit xolos.

Bitkoin 2009-yildan beri mavjud boʻlsa-da, kriptovalyutalar va blockchain texnologiyasining ilovalari moliyaviy sohalarda paydo boʻlishda hamon davom etmoqda, kelajakda ulardan koʻproq foydalanish kutilmoqda. Obligatsiyalar (berilgan qarzga foiz toʻlov toʻlanadigan qimmatbaho qogʻoz turi), aksiya va boshqa moliyaviy aktivlarni oʻz ichiga olgan bitimlar oxir-oqibat ushbu texnologiyadan foydalangan holda sotilishi mumkin.

Kriptovalyutaga namunalar

Minglab kriptovalyutalar mavjud boʻlib, eng mashhurlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Bitcoin

Kriptovalyuta bu — tranzaksiyalarni tekshirish uchun banklarga murojaat qilmaydigan raqamli toʻlov tizimi.

Bitcoin / freepik.com

Bitcoin 2009-yilda tashkil topgan boʻlib, u hali ham eng xaridorgir kriptovalyuta hisoblanadi. Valyuta asoschisi Satoshi Nakamotoning aniq shaxsi hanuzgacha nomaʼlum va bu nomni esa yakka shaxsning yoki biror bir guruhning taxallusi deb hisoblashadi.

Ethereum

Kriptovalyuta bu — tranzaksiyalarni tekshirish uchun banklarga murojaat qilmaydigan raqamli toʻlov tizimi.

Ethereum (ETH) / unsplash.com

Bu 2015-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, oʻzining ethereum yoki eter (ETH) deb nomlanuvchi valyutasiga ega boʻlgan blockchain platformasidir. U bitcoinʼdan keyingi eng mashhur kriptovalyuta hisoblanadi.

Litecoin

Kriptovalyuta bu — tranzaksiyalarni tekshirish uchun banklarga murojaat qilmaydigan raqamli toʻlov tizimi.

Litecoin / unsplash.com

Bu valyuta bitcoinʼga juda oʻxshash, lekin u pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun tezkor toʻlovlar va jarayonlarni oʻz ichiga olgan yangi innovatsiyalarni ishlab chiqishda ancha tezkordir.

Ripple

Kriptovalyuta bu — tranzaksiyalarni tekshirish uchun banklarga murojaat qilmaydigan raqamli toʻlov tizimi.

Ripple (XRP) / pixabay.com

Ripple 2012-yilda tashkil etilgan boʻlib, u bir-biriga oʻzaro bogʻlangan buxgalteriya hisobi tizimidir. Ripple faqatgina kriptovalyutani emas, balki har xil turdagi operatsiyalarni kuzatish uchun ham ishlatilishi mumkin. Uning ortida turgan kompaniya turli bank va moliya institutlari bilan ishlagan. Bitcoin boʻlmagan kriptovalyutalarning barchasi asl nusxalaridan farqlanib turishi uchun altkoinlar deb nomlangan.

Kriptovalyuta va anʼanaviy valyuta

Hukumat anʼanaviy valyutani qogʻoz banknota va tangalarda ishlab chiqaradi. Siz ularni oʻzingiz bilan birga olib yurishingiz yoki boʻlmasa bankka qoʻyishingiz mumkin boʻladi. Ularni naqd pul talab qiluvchi xarid va boshqa tranzaksiyalar uchun sarflay olasiz. Hukumat anʼanaviy valyutani qoʻllab-quvvatlaydi, kriptovalyutada esa na hukumat bor, na bank yoki moliya instituti nazorati bor. Siz anʼanaviy valyutani bank yoki moliyaviy institutlarda saqlaysiz, kriptovalyuta esa raqamli hamyonlarda jamgʻariladi. Bank hisobvaraqlarida saqlanadigan pullarni yoʻqotishdan sugʻurtalaydi, kriptoda esa mablagʻ yoʻqolgan taqdirda hech qayerga murojaat qila olmaysiz.

Kriptovalyutaning foydali taraflari nimalar?

Kriptovalyutaning anʼanaviy valyutadan ustun keladigan bir qancha afzalliklari mavjud. Birinchisi — xavfsizlik. Siz kriptovalyuta vositasida xarid qiladigan boʻlsangiz, hech qanday shaxsiy maʼlumot keltirishingiz shart boʻlmaydi. Bu sizning potensial shaxsingizni oʻgʻirlanishidan va boshqa firibgarlik harakatlaridan himoya qiladi. Hukumat bilan bogʻliq nima sodir boʻlishidan qatʼi nazar, sizning sarmoyangiz xavfsiz holatda boʻladi.

Garchi kriptovalyuta ayrim mamlakatlarda noqonuniy hisoblansa-da, u globaldir, shuning uchun valyuta kurslarini hisoblash yoki ularni almashtirishda toʻlovga hojat yoʻq. Bundan tashqari, bankomatdan pul olishdagi cheklovlar kabi bank hisobingizdagi taqiqlar haqida tashvishlanmasangiz ham boʻladi.



Manba: kaspersky.com
Muqova suratlar: unsplash.com / freepik.com