
2
Ulashish
48 marta koʻrilgan
M. a. 551–479
Konfutsiy
Konfutsiy jahon madaniyati tarixiga maxsus din — konfutsiylikning asoschisi sifatida kirgan. Tan olish kerakki, odamning ismi maʼlum bir diniy tizim nomiga aylanishi tez-tez sodir boʻlmaydi. Bu lotincha ism unga o‘limidan taxminan 2000 yil o‘tgach, Iisus missionerlari tomonidan berilgan.
Har qanday din arbobi kabi u haqida ham turli rivoyatlar bor. Shulardan biriga ko‘ra, Konfutsiyning onasi tushida o‘g‘li tug‘iladigan g‘orga borishi kerakligi haqida bashoratni koʻradi. Ayol u yerga borib, bolani dunyoga keltirgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloq atrofida ajdar va bodisatvalar (Budda holatiga ega boʻlgan borliq yoki shaxs) aylanib yurgan.
Darhaqiqat, Konfutsiy Lu shahrida (Shandun provinsiyasidagi zamonaviy Syuyfu) oliyjanob, ammo kambag‘allashgan aristokrat amaldor va harbiylar oilasida tug‘ilgan. Shu sababli uning hayoti mashaqqatli bo‘lish bilan bir qatorda, jamiyatning munosib va hurmatli aʼzosi bo‘lish ishtiyoqi bilan ham to‘la bo‘lgan. Uning bilimga bo‘lgan ishtiyoqi kuchli edi.
Yosh yigit ko‘p o‘qir va topishga muvaffaq bo‘lgan har qanday kitobni olishga harakat qilgan. O‘sha paytda kitoblar kam bo‘lib, yog‘och, bambuk yoki ipak parchasiga yozilgan. U birinchi navbatda Xitoyning urf-odati, dini, qadimgi tarixi va adabiyoti bilan qiziqqan. Konfutsiy juda ko‘p o‘qigan va 22 yoshida o‘zi taʼlim bera boshlagan. Tez orada Xitoyning eng yaxshi o‘qituvchilaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan.
Uning maktabida bolalar 4 ta fanni o‘rgangan: axloq, til, siyosat va adabiyot. Onasining vafotidan keyin u uyga qaytib, anʼanaga koʻra 3 yil motam tutgan. U barcha o‘yin-kulgidan voz kechib, faqat o‘qir va o‘zini rivojlantirish bilan shug‘ullanardi. O‘shanda u 42 yoshda edi. Konfutsiy 50 yoshida siyosiy faoliyat boshlaydi va ko‘p o‘tmay Luda yuqori lavozimga koʻtariladi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, u fitna tufayli xizmatni tark etishga majbur bo‘ladi.
Shundan keyin Konfutsiy Xitoy bo‘ylab 13 yil sayohat qiladi, ammo u o‘z qobiliyati va g‘oyalaridan foydalana olmaydi. Kelajakda u umuman xizmatga qaytmagan va umrining ko‘p qismini koʻzga koʻringan zodagon va amaldorlar farzandlariga taʼlim beruvchi uy o‘qituvchisi sifatida shug‘ullangan. Bundan tashqari, u “Shudzin”, “Shidzin”, “Idzin” kabi asosiy, falsafiy kitoblarni, shuningdek, Xitoyning birinchi tarixiy yilnomasi “Chunsyu” ni toʻplagan va tahrir qilgan.
Konfutsiy vafot etgach, u maxsus moʻljallangan qabristonga dafn etilgan, keyinchalik u yerda faqat uning avlod va shogirdlari koʻmilgan. Konfutsiyning uyi muzeyga aylantirilib, ziyoratgoh qilingan. Konfutsiy taʼlimoti shogirdlari tomonidan yozilgan, eslatmadan iborat “Lunyu” (“Suhbat va hukm”) kitobidan maʼlum bo‘lgan.
Konfutsiy taʼlimotining asosiy mohiyati shundan iboratki, odamlar o‘z holatidan mamnun bo‘ladigan, uyushgan jamiyatni yaratish kerak. Buning uchun har bir inson hamjihatlikda yashashi, halol, mehribon va qonunga itoatkor bo‘lishi, ota-onasini hurmat qilishi kerak. Shuningdek, u quyi tabaqalarni kuch bilan emas, birinchi navbatda ularga nisbatan mehr-oqibat va insonparvarlik bilan boshqarish kerak, degan fikrni ilgari surgan.
Hukmdor va uning amaldorlari xalq uchun “ota va ona” ekani haqidagi Xitoy hukumat anʼanasi shundan kelib chiqqan. Konfutsiyning bunday qarashi uning oila va ajdodlarga sig‘inishga bo‘lgan alohida munosabatiga asoslanadi. O‘z navbatida, ular Xitoy madaniyat hamda anʼanalaridan kelib chiqqan.
Konfutsiyning “davlat — oila kabi dunyoda birga yashovchi odamlar jamoasi” toʻgʻrisidagi gʻoyasi kommunistik Xitoyga katta taʼsir koʻrsatgan. Konfutsiy oʻz taʼlimotida qadimiy taʼlimotning qoidalarini ishlab chiqqan bo‘lib, unda odamlarning bir-birini hurmat qilishi, urf-odatga rioya qilish zarurligi haqida soʻz boradi.
Shuningdek, adib va sud amaldori hokimiyatga intilib, yangi saflarni olmasligi, balki musiqa, sheʼriyat va ajdodlari tarixini oʻrganishi kerak, deb ishongan. Urf-odatga rioya qilish ajdodlar xotirasini eʼzozlash, zamonaviy hukmdor va keksalarga hurmat ko‘rsatishni anglatardi. Hayoti davomida Konfutsiyning tarafdorlari ko‘p bo‘lmagan.
Sayohat va murabbiy sifatida faol ishlashiga qaramay, u ko‘pincha tinglovchilarni topa olmagan. Biroq u umidsizlikka tushmaydi va oʻsha payt: “Meni osmon chaqirdi va irodali odam, hatto ko‘p to‘siq bo‘lsa ham, qatʼiyatini yo‘qotmaydi”, — deydi. Konfutsiy hayotining so‘nggi yillarini o‘z fikrini yozib o‘tkazgan. Ulardan baʼzilari uning bir nechta izdoshlari bilan suhbat shaklida yozib olingan.
Konfutsiy boshchiligidagi kommuna 3 000 kishidan iborat bo‘lganligi haqida dalillar mavjud. Hikmatlar “Konfutsiyning analektlari” nomli adabiy to‘plamda jamlangan. Masalan, hikmatlardan birida shunday deyilgan: “Sizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganlarga ozor bermang”. Konfutsiylik izdoshi bo‘lgan Men-szi (mil. av. 371–289-yillar) uchun Konfutsiyning quyidagi hikmatli so‘zi asosiy shiori edi: “dunyoda ezgulik g‘alaba qozonadi”.
Konfutsiy taʼlimoti tarqalishi Xan sulolasi davrida (mil. av. 202-yil) boshlangan va bu davrda faylasufning davlat boshqaruvida olimlar ishlashi zarurligi haqidagi gʻoyasi qabul qilinib, davlat amaldorlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘p o‘tmay Konfutsiy g‘oyasi Xitoy davlat dini sifatida tan olingan. 1912-yilgacha, yaʼni oxirgi Xitoy imperatori ag‘darilguncha shunday bo‘lib qolgan. 20-yillar boshiga kelib, Xitoyda konfutsiylikning taʼsiri zaiflashgan va bugungi kunda uning o‘rnini buddizm egallagandi.
























































































































































































































































































































