Orqaga

930 marta koʻrilgan

1822-yil

Kompyuter

Kompyuter (inglizcha: computer — «hisoblayman») — oldindan berilgan dastur bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari juda ko’p funksiyalarga ega. EHMlarning rivojlanishida kompyuterning bir necha avlodlarini ko’rsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur ta’minoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa bo’lgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. So’ngra bu lampa o’rnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta bo’lgan integral sxemalar o’rnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo bo’ldi.