Orqaga
Kompas haqida ma'lumot.

432 marta koʻrilgan

1088-yil

Kompas

Kompas (lot. com- — «ham», «birga» va passus — «yo’l», «qadam»; «hamqadam», «yo’ldosh») navigatsiya asbobi bo’lib, yer sirtiga nisbatan tizimda yo’nalishlarni aniqlaydi. Bu tizim to’rt dunyo tomonlari — shimol, janub, g’arb va sharqni belgilaydi. Ba’zan kompasda bu tomonlardan tashqari darajalar ham chizilgan bo’ladi. Bunda shimol 0°, keyin soat yo’nalishi bo’ylab: sharq 90°, janub 180°, gʻarb esa 270° ga mos keladi. Ushbu darajalar azimutni ko’rsatishga xizmat qiladi. Kompas (ital. compasso — o’lchayman)— geografik (haqiqiy) yoki magnit meridianining yo’nalishini aniqlashda qo’llaniladigan asbob. Magnitli, giroskopik kompas, quyosh kompasi, radio va astroradio kompasi bo’lishi mumkin. Magnitli kompas magnitlangan milning shimol-janub: yo’nalishida magnit meridiani bo’ylab joylashishi xossasiga, giroskopik kompas erkin osilgan va maxsus moslama yordamida tez aylanadigan rotorning o’qi geografik meridian tekisligida mustaqil joylasha olishiga, quyosh kompasi (yoki astronomik kompas) Quyosh harakatini uzluksiz ko’zatib turishga, radiokompas radiostyalar tarqatadigan radioto’lqinlarni ma’lum yo’nalishda qabul qilishga, astroradiokompas Quyoshdan tarqaladigan radionurlarni qabul qilishga asoslangan.