1
Ulashish
581 marta koʻrilgan
1825–1899
Komil Xorazmiy
Komil Xorazmiy XIX asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir, san’atkor, xattot, davlat arbobi, o’z davri ilg’or madaniyatining mashhur vakillaridan biridir. Komil shoirning adabiy taxallusi bo’lib, uning asl ismi Pahlavon Niyoz Muhammaddir. Pahlavon Niyoz Muhammad 1825-yilda Xivada, mudarris Abdulla Oxun oilasida tug’ildi. U dastlabki saboqlarni mahalla masjidi qoshidagi maktabdan, so’ng o’z otasidan oldi. Abdulla Oxun o’g’liga arab, fors tillarini o’rgatdi va adabiyotga havas uyg’otdi. Komil mahalla maktabini tamomlagach, Xiva shahridagi madrasalardan birida tahsil ko’radi, mumtoz adabiyot vakillarining ijodini zo’r havas bilan o’rganadi. Navoiyni o’ziga ustoz bilib, unga taqlidan she’lar yoza boshlaydi va tez orada mashhur shoir bo’lib yetishadi. U musiqa va xattotlik san’atini ham madrasada o’qib yurgan davrida o’rgangan edi.