Orqaga
Kitob bosish tarixi qachon boshlangan? Kitob bosish ixtirochisi kim?

935 marta koʻrilgan

XV asr

Kitob bosish

Kitob bosish — bo’yoqni bosma formadan qog’ozga o’tkazib, kitob, jurnal, gazeta va boshqa bosma mahsulotlari tayyorlanadigan ishlab chiqarish jarayonlari. «Kitob bosish» iborasi bosma kitob tayyorlash tarixi qaqida fikr yuritilganda ishlatiladi, zamonaviy kitob bosishda esa poligrafiya termini ancha keng tarqalgan. Kitob bosishning o’tmishdoshi ksilografik bosma bo’lib, unda bosiladigan butun bir bet yozuv taxtaga o’yib qo’yilardi. 11-asrdan boshlab Xitoyda kitobni qo’lda ko’chirishdan bosish usuliga o’tilgan. Biroq, bu usul keng rivojlanmadi. Faqat taxminan 400 yil o’tgandan so’ng Yevropada harf terish shrifti ixtiro qilindi. O’sha davrda bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlar — Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiyada bir-biridan mustasno bir necha ustalar bitta muammo — bosma mashina yaratish ustida ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar bu muammoni birinchi marta germaniyalik Iogann Gutenberg (1399— 1468) hal qilganligini aytishadi.