Orqaga
Keramika so'zining ma'nosi.

963 marta koʻrilgan

m. a. 5500-yil

Keramika

Keramika (qadimgi yunoncha: [keramos] — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori temperaturalarda pishirish yo’li bilan olinadigan nometall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy-ro’zg’orda (idish-tovoqlar), qurilishda (g’isht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), temir yo’lda, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy san’atda keramika keng tarqalgan. Tuzilishiga ko’ra, dag’al (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, g’ovakligi 5 — 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, g’ovakligi 5% gacha) turlarga bo’linadi. Dag’al keramikaga ko’pchilik qurilish materiallari, mas, g’isht va koshin, nozik keramikaga sopol, chinni, fayans, pyezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, ba’zi olovbardosh materiallar, yarim chinni va mayolika kiradi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra, keramika oksid, karbid, nitrid, silitsid, optik va boshqa turlarga bo’linadi.