Orqaga

1303 marta koʻrilgan

1818–1883

Karl Marks

Karl Marks trirlik mashhur advokat oilasida tugʻilgan boʻlib, otasi tahsil uchun uni Bonn universitetiga yuboradi. U yerda Marks falsafaga qiziqib qoladi va professor Rugge rahbarligidagi seminarlarning faol qatnashchisiga aylanadi. Professor 1836-yilda progressiv qarashlari sababli kafedradan chetlashtirilganda Marks Berlinga keladi. Aynan shu yerda u butun hayotini oʻzgartirgan gʻoyalarni shakllantirgan edi.

Karl doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgach, professorlik unvoniga tayyorlanish uchun universitetda qoldirilishi kerak edi. Lekin Marks universitet rahbariyatining konservativ boshqaruvidan norozi edi va oʻzi uchun manfaatli boʻlgan bu taklifdan voz kechadi. Shundan soʻng nemis universitetlari eshiklari u uchun yopiladi.

1842-yilda u Germaniyani tark etib, Angliyaga boradi va u yerda keyinchalik doʻsti, hammuallif sherigiga aylangan Fridrix Engels (1820–1895-yillar) bilan tanishadi. Otasining oʻlimi Marksga ogʻir zarba boʻladi. Avvaliga onasi Karlga merosning bir qismini berishdan bosh tortadi, lekin u amakisi, gollandiyalik bankir – Leon Filips yordamida merosni qoʻlga kiritadi va nihoyat moddiy mustaqillikka erishadi.

Marks oʻzining ijtimoiy faoliyatini 1843-yilda Yevropa boʻylab sayohatga chiqqan vaqti jurnalist sifatida boshlaydi. Keyin u Bryusselga koʻchib oʻtib, oʻsha yerda Fridrix Engelsni uchratadi. Ular birgalikda kommunistlar ittifoqini tuzib, 1848-yilda “Kommunistik partiya manifesti” ni yozadi. Manifest quyidagi soʻzlar bilan tugardi: “Kommunistlar oʻz aloqalaridan boshqa narsani yoʻqotmaydi. Ular butun dunyoni egallashi mumkin. Butun dunyo proletarlari (ishchilari) birlashing!”

Oʻz ijodida ular kapitalistik ishlab chiqarishni rivojlantirish, milliy boylik davlatning emas, balki xususiy shaxslar qoʻlida toʻplanadigan tizimni qoʻllab-quvvatlaydigan kishilar manfaatini oʻrganib borgan. Ular kapitalistlar boyiy boshlagach oʻzini qanday tutishini koʻrsatib bergan. Ular ishchilarga kasaba uyushmalarini tuzish va ish haqining oshishi uchun kurashishni taqiqlardi. Lekin kapitalistlar orasida ham ishchilar kurashiga qoʻshiladiganlar bor edi. Ishchilar kurashi revolyutsiya bilan tugashi mumkin edi, natijada kapitalistik tizim kommunistik tizim bilan almashardi. Bunday gʻoyalar markaziy Yevropaning hukmron doiralarida hayratga sabab boʻladi va Marks avval Bryusseldan, keyin Fransiya va Germaniyadan quvib chiqariladi.

1849-yilda esa u oilasi bilan Londonga koʻchib boradi. Aynan oʻsha yerda Engelsning yordami bilan oʻz kommunistik gʻoyalarini rivojlantira boshlaydi. Engelsning Manchesterdagi toʻquv fabrikasi Marksning iqtisodiy ishi uchun birlamchi materialni yetkazib berardi. Karl Marks: “Kommunizm – xususiy mulkchilikning bekor qilinishi”, – deb yozgan. Kommunizmda insonlar umumiy mulkdan teng ulushga ega boʻlishi kerak edi. Marks bu gʻoya amalga oshsa, barcha ishchilar birlashishiga ishonardi. Shu sababdan ham u “Ilk internatsional” tashkiloti liderlaridan biriga aylanadi.

1869-yilda uning safida 8 000 dan ortiq kishi bor edi. Faylasuf oʻz fikrini tarixiy material bilan isbotlash maqsadida insoniyat tarixini oʻrganishga kirishadi. U uzoq vaqt davomida davlatchilikning kelib chiqishi haqida material yigʻadi, lekin bu gʻoyasini amalga oshirishga ulgurmaydi. Uning oʻlimidan keyin Fridrix Engels Marks boshlab qoʻygan “Oila, xususiy mulkchilik va davlat tarixi” kitobini qisman yakunlaydi.

Marks 1867-yilda “Kapital” asarining 1-jildini nashr qildiradi, bu uning asosiy ijodi boʻlib qoladi. Uning oʻlimidan soʻng Engels 2 va 3-tomini ham chop ettiradi. Marks oʻz kitobida kelajakka nazar tashlashga harakat qiladi va biznes boshqaruvi kamsonli boy kapitalistlar qoʻlida toʻplanishi iqtisodiy tartibsizlikka sabab boʻlishi haqida yozadi. Karl oʻshanda revolyutsiya yuz berib, ishchilar hukumat tepasiga kelishini taxmin qiladi. Lekin faylasuf 1883-yilda oʻzi bashorat qilgan revolyutsiya tomon hech qanday harakatni koʻrishga ulgurmay vafot etadi.

Karl Marks oʻlimidan 34 yil oʻtgach, birinchi markscha revolyutsiya amalga oshadi. 1917-yil Rossiyada bolsheviklar qirollikni, keyinchalik muvaqqat burjuaziya hukumatini agʻdaradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropaning koʻplab davlatlari va Xitoyda boshqaruvning kommunistik rejimi oʻrnatiladi. Lekin kommunistik rejimning evolyutsiyasi totalitarizm (jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi nazorat oʻrnatishi) tomonga buriladi.

XX asrning 80-yillari oʻrtalarida koʻplab davlatlar kommunistik rejim oʻrniga anchayin demokratlashgan boshqaruv usulini maʼqul koʻra boshladi. Marks konsepsiyasining shakllanishiga Gegel tarixining falsafasi sabab boʻlgan edi. Marks Gegeldan dialektik nazariyasining asosini olgan boʻlib, unga koʻra, tarix – boshi va oxirgi muddaosi boʻlgan, maqsadga yoʻnaltirilgan jarayon. Marks bu nazariyada oʻzgartirgan yagona narsa — oldinga yurishga sabab boʻladigan kuchning tabiati boʻldi. Karl tarix dvigateli – saralangan insonlar hamda turli ijtimoiy guruhlarning ehtiyoji, maqsadi va irodasi boʻlganini qayd etadi.

Shunday qilib, tarix – inson tabiatni oʻz maqsadlari yoʻlida boʻysundiradigan jarayon, deb tushuniladi. Avvaliga inson atrofidagi olamni oʻrganadi va unda oʻz oʻrnini topadi. Marks mazkur jumladan insonlar ongi ularning hayotini emas, balki jamoaviy hayoti ularning ongini shakllantirishini xulosa qiladi. Albatta, fan va texnika rivojlanishi bilan insonlar orasidagi munosabat ham, ishlab chiqarish aloqalari ham, shuningdek, ular bilan bogʻliq ong shakllari ham oʻzgargan.

Qul va quldorlar oʻrniga feodal hamda krepostnoylar, keyin burjuaziya va proletariat (yollanma ishchilar) keldi. Aynan shunda “Kommunistik partiya manifesti” da yozilgan mashhur fikrning maʼnosi jamlangan: “Barcha mavjud boʻlgan jamiyatlarning oʻtmishi – aslida turli sinflar kurashining tarixi”. Marks ishlab chiqqan umumiy rivojlanish haqidagi taʼlimotning yangiligi ham shunda edi.