Orqaga
Ismoil Jurjoniy haqida ma'lumot.

607 marta koʻrilgan

1042–1136

Ismoil Jurjoniy

Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulug’ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Zahiriddin Abul Hasan Bayhaqiy o’zining «Tatimma sivan al-hikma» (“Donolik xazinasiga qo’shimcha») asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: «Men u kishini 53-hijriy (1136-milodiy) yilda Saraxsda keksalik chog’larida ko’rgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori xorazmshoh Otsiz ibn Muhammad uni bir necha muddatga Xorazmga taklif etgan edi. Xorazmda bo’lgan vaqtida u «Al-Xuffayi al-a’loiy» («Poyalarning yuqori qismi»), «At-tibb al-mulukiy», «Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy», «Kitob al-ahrod» («Hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar»), «Kitob yodgor» («Esdalik kitobi»), «Kitob fi rad alal falosafa» («Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi»), qozi Abu Said Shori’iyga bag’ishlab «Kitob tadbir yaum va laylat» («Kecha bilan kunduzning almashinishi haqida kitob»), «Kitob vasiyatnoma» va boshqa tabobat hamda falsafaga doir asarlar yozdi.