Orqaga

700 marta koʻrilgan

1916-yil

Jizzax qoʻzgʻoloni

Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoni Turkiston o’lkasining barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular orasida Jizzaxda bo’lib o’tgan qo’zg’olon o’lkada mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lish va bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga aylandi. Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug’ullanib, ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko’chirib keltirilganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko’payib borishi ularning ahvoli yomonlashishiga olib keldi.