Orqaga
IX asr oxirlari: Janubiy Hindistonda Pallava sulolasi tugatiladi. Pallava hukmronligi taxminan 880-yilda Chola qirollariga oʻtgan.

771 marta koʻrilgan

IV–IX

Janubiy Hindistonda Pallava sulolasi

Pallava sulolasi – IV asr boshlaridan IX asr oxirlarigacha Janubiy Hindistonda hukm surgan hukmdorlar sulolasi. Pallava sulolasi Dekan yassitogʻligidagi mahalliy Satavaxan qaram xalqidan kelib chiqqan, avval Andhraga, keyinchalik esa Kanchiga (hozirgi Hindistonning Tamul Nadu shtati, Kanchipuram shahri) koʻchib, oʻsha yerda hukmronlik qiladi. Ularning nasl-nasabi hamda xronologiyasi juda bahsli masala hisoblanadi. Pallavalarning birinchi guruhi Prakrit tilidagi (Sanskrit tilining sodda va mashhur shakli) yozuvlarda uchraydi, bu yozuvlarda Magadha imperatori Samudra Gupta qirol Vishnugopa ularni IV asr oʻrtalarida magʻlubiyatga uchratgani haqida eslab oʻtilgan. Keyingi Pallava qiroli Simhavarman esa sanskrit tilidagi Lokavibhaga matnlarida 436-yildan boshlab hukmronlik qilgani aytib oʻtilgan.

IX asr oxirlari: Janubiy Hindistonda Pallava sulolasi tugatiladi. Pallava hukmronligi taxminan 880-yilda Chola qirollariga oʻtgan.

Kailasanatar ibodatxonasi, Kanchi (Hindiston) shahardagi eng qadimgi ibodatxonalardan biri / wikipedia.org

Pallava sulolasi Dravid davlatining imperatorlari boʻlgan, ular tezkorlik bilan Tamil yoʻllarini oʻzlashtirib oladi. Pallava hukmronligi tijoriy korxonalar, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi cheklangan mustamlakachilik bilan ajralib turadi, biroq Seylon (hozirgi Shri-Lanka) va Tamilning aralashuvi pallavalar tomonidan bunyod etilmagan, aksincha, ular buni meros qilib olgan.

Pallava sulolasi buddaviylik, jaynizm hamda brahmanlik eʼtiqodini qoʻllab-quvvatlagan, musiqa, rassomchilik va adabiyot homiysi boʻlgan. Ularning eng katta yodgorliklari meʼmoriy yodgorliklar boʻlgan, jumladan, Sohil ibodatxonasi, granit toshlaridan oʻyib qurilgan boshqa turli ibodatxonalar hamda bir vaqtlar gullab-yashnagan port-shahar – Mamallapuramdagi Varaxa gʻori (VII asrga tegishli, hammasi birgalikda 1984-yildan buyon UNESCO butunjahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan).

IX asr oxirlari: Janubiy Hindistonda Pallava sulolasi tugatiladi. Pallava hukmronligi taxminan 880-yilda Chola qirollariga oʻtgan.

Vaikunta Perumal ibodatxonasi, Kanchipuram, Tamil Nadu, eng qadimgi maʼbad deb hisoblanadi / wikipedia.org

Maxendravarman I (600–630-yillarda hukmronlik qilgan) Pallava sulolasining yuksalishiga hissa qoʻshdi. Mamallapuramdagi eng hashamatli yodgoriklarning baʼzilari, ayniqsa hinduiylar ilohi Shivaga atab barpo etilganlari uning hukmronligi ostida bunyod boʻladi (Maxendravarman jayn eʼtiqodida tugʻilgan boʻlsa-da, keyinchalik shaivizmni qabul qiladi). U sanʼat va arxitekturaning buyuk homiysi boʻlgan, Dravid meʼmorchiligiga yangi uslubni kiritgani bilan mashhur boʻlib, taniqli sanʼatshunos Gabriel Juvo Dubrol bu usulni “Maxendra uslubi“ deb atagan. Maxendravarman, shuningdek, “Mattavilasa-praxasan” – “Mastlar zavqi” (taxminan 620-yil) kabi pyesalar ham yozgan, sanskrit tilida yozilgan bu asarda buddaviylik yomonlangan.

Maxendravarman davrida Gʻarbiy Chalukya sulolasining aʼzosi Pulakeshin II boshqargan Badami qirolligi bian tinimsiz janglar yuz beradi. Maxendravarmanning vorisi Narasimxaran I Pallava-Chalukya janglarida boy berilgan baʼzi hududlarni bosib oladi. U garchi Pallava yerlarining bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, Pallavalar Gʻarbiy Chalukya sulolasining harbiy bosimiga bardosh bera olmaydi, oxir-oqibat bu sulola hokimiyati Chola sulolasi tomonidan agʻdariladi. Pallava hukmronligi taxminan 880-yilda Chola qirollariga oʻtgan.



Manba: britannica.com
Muqova surat: wikipedia.org / midjourney.com