Orqaga

706 marta koʻrilgan

1220-yil

Jaloliddin Manguberdining Xorazm taxtiga oʻtirishi

Buxoro, Samarqand, Xo’jand singari buyuk shaharlarning qo’ldan ketishi Muhammad Xorazmshohni larzaga soladi. Xorazmshoh endi janubi g’arbiy hududlarga chekina boshlaydi. Sulton Muhammad yakkalanib qoladi. Ko’plab ishonchli amirlari xiyonat yo’lini tutadi. Undan Qunduz va Badaxshon viloyati hokimlari yuz o’giradi. 1220-yilning aprelida Muhammad Xorazmshoh Nishopurga keladi. Ammo mo’g’ullar ta’qib etib kelayotganini eshitgan hukmdor bir qancha shahar va qal’alarda yashirinib yurdi.