10
Ulashish
696 marta koʻrilgan
XIII asr
Jaloliddin Manguberdi – Vatan qahramoni
Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlatining ko’p yillik tarixi o’sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilgan qator asarlarda o’z aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so’nggi vakili, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi hukmronligi, uning mo’g’ul iistilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda G’arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini kuzatish mumkin. Bu manbalar orasida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi (kotib al-insho), tarixchi Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub «Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni» («Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi») nomli asar alohida o’rin tutadi. Nasso (Niso) viloyatidagi qal’alardan birining sohibi bo’lgan Nasaviy 1224-yilda xizmat yuzasidan Iroqqa borib qoladi va o’sha yerda Jaloliddinning xizmatiga kiradi.