Orqaga

802 marta koʻrilgan

XIX asr

Jadidchilik harakatining vujudga kelishi

Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo xonliklarining zabt etilishi ushbu hududning tanazzulga yuz tutishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan ko’p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyatlarning toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat olib borildi. Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari bilan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o’zlikni saqlab qolish, milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo’lsa ham unutmadi.