Orqaga

1359 marta koʻrilgan

XX asr

Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati

XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona vodiysi shaharlarida o’nlab jadid usulidagi maktablar ochildi. Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g’oyalarini ilgari surgan. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o’lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan namoyandalari vujudga keldi. Bular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said ahmad Siddiqiy Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo’jayev, Farg’ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho’lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi.