8
Ulashish
1096 marta koʻrilgan
IX–X
IX–XII asrlarda Oʻrta Osiyoda me’morchilik, san’at va musiqa
O’rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va Islom dini mafkurasi madaniy hayotning me’morchilik sohasiga ham kuchli ta’sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O’zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai Kalon hamda Vobkent va Jarqo’rg’ondagi minoralar va boshqa ko’plab binolar o’sha davr me’morchiligining yuksak namunalaridandir. Bu yodgorliklar me’morchilik sohasining rivoj topganidan dalolat beradi. Bu davrda yo’nilgan tosh, pishiq g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari – bandlar, ko’priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi.