
1
Ulashish
20 marta koʻrilgan
1494–1789
Italiya urushlari
Gabsburg-Valua urushi sifatida ham tanilgan Italiya urushlari 1494–1559-yillar oralig‘ida Italiya yarim orolida sodir boʻlgan. Ammo bu toʻqnashuvlar keyinchalik Flandriya, Reyn vodiysi va O‘rta Yer dengizigacha kengaygan. Asosiy kurashuvchi tomon fransiyalik valua oilasi qirollari va Muqaddas Rim imperiyasi hamda Ispaniyadagi gabsburglar edi. Ular urushning turli bosqichida Angliya va Usmonli imperiyasining cheklangan ishtiroki bilan Italiyaning turli qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
1454-yilda tashkil etilgan Italiya Ligasi mamlakatdagi siyosiy kuchlar muvozanatiga erishgan. Lekin u 1492-yilda, uning bosh meʼmori — Lorenso Medichi oʻlimidan soʻng parchalanib ketgan. Liga qulashi 1494-yilda fransiyalik Karl VIII ga Lyudoviko Sforzaning xohishi bilan Neapolni bosib olishga imkon bergan. Bu esa Ispaniya va Muqaddas Rim imperiyasini jalb etgan. Karl 1495-yilda chekinishga majbur bo‘lganiga qaramay, u Italiya shtatlari boy, ammo siyosiy bo‘linishlar tufayli zaif ekanligini ko‘rsatgan. Bu esa Italiyaning bir qismini Fransiya va gabsburglar o‘rtasidagi Yevropa hukmronligi uchun kurashda jang maydoniga aylantirgan.
Shafqatsizlik bilan olib borilgan urushlar, xususan, Fransiya va Muqaddas Rim imperiyasida islohot ortidan yuzaga kelgan diniy g‘alayonlar “foni” da boʻlayotgandi. Mazkur urushga to o‘rta asrlardan tortib, qamal artilleriyasidagi sezilarli texnologik yangilanishlar, shuningdek, “arkebuz” miltiqlari va to‘pponchadan foydalanish keng tarqalgan zamonaviy urushgacha bo‘lgan evolyutsiyaning burilish nuqtasi sifatida qaraladi. Savodli komandirlar va zamonaviy bosmaxonalar o‘sha davr haqida koʻp maʼlumot yetib kelishiga sabab boʻlgan. Bu jarayonga oʻz hissasini qoʻshgan: Franchesko Gvichchardini, Nikkolo Makiavelli va Blez de Monlyuk kabi diplomat hamda davlat arboblarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
1503-yildan keyin urushlarning aksariyati Fransiyaning Lombardiya va Pyemontga bostirib kirishi bilan boshlangan. Biroq ular hududni birmuncha vaqt ushlab turishga qodir bo‘lsa-da, buni doimiy ravishda qila olmagan. 1557-yilga kelib, Fransiya ham, imperiya ham din bo‘yicha ichki bo‘linishga ro‘baro bo‘lgan. Ispaniya esa Ispaniya Gollandiyasida potensial qo‘zg‘olonga duch kelgan. “Kato-Kambrez shartnomasi” (1559-yil) Fransiyani, asosan, Shimoliy Italiyadan quvib chiqargan va evaziga Kale va 3 ta yepiskoplikni qo‘lga kiritgan. Shartnoma Ispaniyani janubda Neapol va Sitsiliya, shimolda Milanni nazorat qiluvchi hukmron kuch sifatida eʼtirof etgan.
Venetsiya Respublikasi va Milan gersogligi o‘rtasidagi raqobat sababli Lombardiyadagi uzoq davom etgan urushlar 1454-yil Lodi shartnomasi bilan yakunlangan. Ko‘p o‘tmay bu Italiya Ligasi deb nomlanuvchi “tajovuz qilmaslik” to‘g‘risidagi paktdan so‘ng 40 yillik barqarorlik va iqtisodiy kengayish davriga olib kelgan. Faqat Liga 1479–1481-yillardagi Pazzi fitnasi va 1482–1484-yillardagi Ferrara urushi bilan buzilgan. Liganing asosiy tarafdori Florensiya hukmdori — Lorenso Medichi edi. U ham Fransiya va Muqaddas Rim imperiyasini Italiya yarim orolidan chiqarib yuborish siyosatini olib borgan.
Fransiya Italiyada kengaymoqchi boʻlgan bir paytda 1492-yil aprel oyida Lorenso o‘limi Ligani jiddiy ravishda zaiflashtirgan. Bu voqea fransuz Lyudovik XI ning 1481-yili amakivachchasi anjulik Karl IV dan Provans okrugi va Angevinning Neapol qirolligiga daʼvogarligini meros qilib olgan vaqtda sodir boʻlgan. 1483-yilda uning o‘rniga o‘g‘li Karl VIII o‘tirgan va 1486-yilda Provansni rasman Fransiya tarkibiga kiritgan. Uning Marsel va Tulon portlari O‘rta Yer dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish va shu tariqa Karl VIII ning hududiy ambitsiyasini amalga oshirish imkoniyatini bergan. Birinchi Italiya urushi arafasida Karl bir qator shartnomalar orqali boshqa Yevropa hukmdorlarining betarafligini taʼminlashga harakat qilgan. Xususan, 1492-yil noyabrda Angliya qiroli Genrix VII bilan “Etapol tinchligi” va 1493-yil martda Muqaddas Rim imperatori Maksimilan I bilan “Barselona shartnomasi” imzolangan.
Eski rejim davri
Eski tuzum (Ancien Régime) davri — Fransiya qirolligining soʻnggi oʻrta asrlar, yaʼni 1500-yildan 1789-yilgacha yoki fransuz inqilobigacha boʻlgan siyosiy-ijtimoiy idora etish usuli. Bu davrda fransuz zodagonlarining feodal tuzumi va nasldan naslga oʻtuvchi monarxiya bekor qilingan. Valua sulolasi Eski tuzum davrida 1589-yilgacha hukmronlik qilgan. Keyin burbonlar oʻrniga taxtga kelgan. Bu atama vaqti-vaqti bilan Yevropaning boshqa joylarida, masalan, Shveytsariyadagi o‘xshash feodal tizimlarga nisbatan qo‘llanilgan.
Fransiyadagi ushbu rejimning maʼmuriy va ijtimoiy tuzilmalari davlat qurilishi, qonunchilik hujjatlari (masalan, Viller-Kotre farmoni) va ichki qarama-qarshilik yillari davomida rivojlanib borgan. Valua sulolasining islohot oʻtkazish va mamlakatning tarqoq siyosiy markazlari ustidan nazoratni tiklashga oid urinishiga 1562–1598-yillardagi diniy urushlar toʻsqinlik qilgan. Burbonlar sulolasi davrida Genrix IV (1589–1610) va Lyudovik XIII (1610–1643) hukmronligining katta qismi va Lyudovik XIV ning (1643–1715) dastlabki yillari maʼmuriy markazlashtirishga qaratilgan edi.
Mutlaq monarxiya (qirolning maxfiy xatlar orqali buyruq chiqarish huquqi bilan ifodalanadi) va markazlashgan davlat yaratishga qaratilgan saʼy-harakatga qaramay, Eski tuzumda Fransiya — tizimli qonunbuzarliklar mamlakati bo‘lib qolgan. Maʼmuriy, huquqiy, sud va cherkov bo‘linmalari, fransuz zodagonlari mahalliy hokimiyat va adolat masalasida o‘z huquqlarini saqlab qolish uchun kurash olib borgan va kuchli ichki nizolar (Fronda kabi) mazkur markazlashtirishga qarshilik qilgan. Uyushlashtirishga intilish qirollik jamgʻarmasi va urush olib borish imkoniyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan.
XVI–XVII asrlarda katolik va protestantlar oʻrtasidagi ichki nizo va sulolaviy inqirozlar, Gabsburglarning ichki oilaviy mojarosi va XVII asrda Fransiyaning hududiy kengayishi katta mablagʻ talab qilgan. Bu xarajatning barchasi yer solig‘i (taille) va tuz solig‘i (gabelle) kabi soliqlar, shuningdek, zodagonlar xizmati va erkaklar badalidan to‘planishi kerak edi.
Markazlashtirishning “kalit” laridan biri — qirol va boshqa zodagonlar atrofida tashkil etilgan shaxsiy homiylik tizimlarini davlat atrofida qurilgan tashkiliy tizimlar bilan almashtirish bo‘lgan. Viloyatlarga qirol hokimiyati vakillari bo‘lmish maʼmuriy mansabdor shaxslarning tayinlanishi viloyat zodagonlari tomonidan mahalliy nazoratga katta putur yetkazgan. Bu narsani qirol saroyining sudya va qirol maslahatchilari kabi “maxsus liboslar” ga ruju qoʻyishida ham koʻrishimiz mumkin.
Mintaqaviy parlamentlarni tashkil etishning dastlabki maqsadi qirol hokimiyatini yangi assimilyatsiya (bir xalqning boshqa bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini oʻzlashtirib, milliy ongini yoʻqotishi natijasida oʻsha xalqqa qoʻshilib ketishi) qilingan hududga kiritishga yordam berish bo‘lgan. Ammo parlamentlar oʻziga ishonchi ortgani sayin ular tarqoqlik manbasiga aylana boshlagan.





























































































































































































































