Orqaga

41 marta koʻrilgan

1862–1937

Is’hoqxon Ibrat

Is’hoqxon Ibrat — ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbuotchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so’ngra onasining qo’lida oladi. Keyinroq Qo’qonga borib madrasaga o’qishga kiradi. Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, To’raqo’rg’onga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi. Ibrat arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan «Lug‘at sitta as-sina» tuzgan, bu asar o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Maqolada Is’hoqxon Ibrat shaxsi bilan yanada yaqindan tanishtiruvchi ma’lumotlarga ega bo’lasiz.