Orqaga

406 marta koʻrilgan

XIX–XX

Moddiy ishlab chiqarishda texnika va fan taraqqiyoti

XIX asr oxiri–XX asr boshlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sgani va jamiyatning ehtiyojlari ortgani tufayli transport, elektr, binokorlik, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa sohalarda yirik kashfiyotlar va ixtirolar qilindi. Dunyo mamlakatlarida temiryo’llarning ko’payishi natijasida parovozsozlikda yirik o’zgarishlar bo’ldi. Sodda va kuchsiz bo’lgan bug’ mashinalari o’rniga ichki yonuv dvigateli va elektr dvigatellari yaratildi. Elektr dvigatelidan dastavval transportda foydalanildi. 1895-yildan Buyuk Britaniya va AQSHning yirik shaharlarida tramvay ishlatila boshlandi. Temiryo’llarni elektrlashtirish sohasida tajribalar o’tkazildi. Kemalar qurilishida po’lat keng ko’lamda ishlatila boshlandi.