Orqaga
Internet nima? Internet so'zi qanday ma'noni bildiradi?

439 marta koʻrilgan

1990-yil

Internet

Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli orqali ma’lumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq to’plamidir. Bu ma’lumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP o’zaro bog’liq protokollar yig’indisi bo’lib, internetda ma’lumot tarqalishida asosiy o’rin egallaydi. Internet tarmog’ini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda o’zaro bog’langan sahifalar va boshqa Butunjahon o’rgimchak to’ri servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o’zaro bog’lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o’rni, zamon va makondan qat’iy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o’zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.