2
Ulashish
2177 marta koʻrilgan
850–875
Ilk skandinaviyalik koʻchmanchilar Islandiyaga yetib kelishadi
Islandiyani ibtidoiy davr tarixida qatnashmagan deyish mumkin. Skandinavlar vikinglar oʻlkasiga o‘rnashganini bu voqeadan 250 yil oʻtib yozilgan hikoyalar tasdiqlaydi. 1130-yillarda yozilgan eng qadimiy manba – “Islandiyaliklar kitobi“ 870—930-yillardagi oʻtroqlashuv davri haqida soʻzlaydi. Yana bir asosiy manbalardan biri, “Landnámabók“ (Manzilgohlar kitobi) aslida XII asrga tegishli boʻlsa-da, faqatgina keyingi versiyalari maʼlum xolos. Bu kitobda aniq aytilishicha, Ingolfr Arnarson 874-yilda Norvegiyadan Islandiyaga kelib qoʻnim topgan ilk koʻchmanchi boʻlgan. U oʻzi Reykyavik deb atagan hududda turmush oʻrtogʻi Hallveyg Frodadottir bilan dehqonchilik qilgan. “Manzilgohlar kitobi“da, shuningdek, oilasi, xizmatkorlari va qullari bilan yer daʼvo qilib, Islandiyaga suzib kelgan 400 dan ortiq koʻchmanchi sanab oʻtiladi. Ularning koʻpchiligi Norvegiyadan kelgan boʻlsa-da, boshqa skandinav davlatlari hamda Britaniya orollaridan kelgan koʻchmanchilar ham boʻlgan.

Norsemanlar 872-yilda Islandiyaga kelishi / wikipedia.org
Islandiyadagi eng qadimgi odamlar yashagan hudud qoldiqlarining tefra qatlami (vulqon kuli) Grenlandiya muzliklarida ham aniqlandi, uning yoshi 870-yillarga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar ham hujjatli dalillarni qoʻllab-quvvatlab, Islandiyani IX asr oxiri yoki X asr boshidagi Skandinav vikinglar davri manzilgohlari qatoriga qoʻshib qoʻyadi. Island tili kelib chiqishning bir xil ekanligiga guvohlik beradi – island tili ham skandinav tillaridan boʻlib, unga eng yaqin til Gʻarbiy Norvegiya lahjalari sanaladi.

Ingolfur(Ingolfr Arnarson (taxminan 849–910) odatda Islandiyaning birinchi doimiy Skandinaviya koʻchmanchisi sifatida tan olingan) oʻzining baland oʻrindiqli ustunlarini oʻrnatishnijarayoni / wikipedia.org
Garchi orol Vikinglar davriga qadar oʻzlashtirilmagan boʻlsa-da, Islandiya bundan avval ham odamzodga maʼlum boʻlgan. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon tadqiqotchisi massaliyalik (marsellik) Pifey Britaniya shimolida 6 kunlik dengiz yoʻlida joylashgan shimoliy mamlakatni taʼriflayotib, uni Tule deb ataydi. VIII asrda irlandiyalik tarki dunyo qilgan odamlar yolgʻizlik izlab, Islandiyaga suzib boradi va ular ham orolni Tule deb nomlaydi. Biroq Pifey hamda ushbu zohidlar ayni bir orolni tasvirlagani haqida maʼlumotlar mavjud emas. Ilk island manbalariga koʻra, skandinav koʻchmanchilari Islandiyaga yetib kelganida bir qancha irlandiyalik rohiblar orolda istiqomat qilayotgan edi, ammo ruhoniylar tez orada bu yerni tark etadi, chunki ular yerni majusiylar bilan boʻlishishni istamaydi.
Manba: britannica.com
Muqova surat: freepik.com



