Orqaga
Ilk o'rta asrlarda Britaniyaning Angliyaga aylanishi.

757 marta koʻrilgan

407-yil

Ilk oʻrta asrlarda Britaniyaning Angliyaga aylanishi

Rim imperiyasi Britaniya orollarini istilo qilganida orol janubida kelt, britt, shimolida – hozirgi Irlandiya va Shotlandiyada – skot, pikt qabilalari yashagan. Rim legionlari 407-yilda Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan qolgan rimliklar ham Yevropaga keta boshlaydi. Shu tariqa orolning kelt aholisi o’z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa o’zaro urushlarga kuch beradi. Ayni paytda shimoldan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi.