Orqaga
Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari.

874 marta koʻrilgan

1941–1944

Ikkinchi jahon urushining 1941–1944-yillarda asosiy janglari

Urush boshlangan damdan AQSH Angliyaga bor imkoniyatlari bilan yordam bera boshlaydi. Gitlerning AQSHga urush e’lon qilishi uchun barcha asoslari bor edi, biroq u bu mamlakatning urushga ochiq qo’shilishidan chochib, bundan o’zini tiyadi. Agar Tinch okeanda urush boshlanmasa, AQSH hukumati Yevropadagi urushga qo’shilishga yetarli asos topmasligi mumkin edi. Yaponiya Germaniya va Italiya bilan ittifoqqa qo’shildi va Fransiyaning zaiflashganidan foydalanib Hindixitoyga bostirib kiradi.