0
Ulashish
735 marta koʻrilgan
1939-yil
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda Oʻzbekistonning urush girdobiga tortilishi
Fashistik Germaniyaning SSSRga hujumi hamda O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi. 1941-yil 22-iyun kuni tong saharda gitlerchilar Germaniyasi o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo’lishiga qaramay, to’satdan SSSRga bostirib kirdi. Sovet Ittifoqi xalqlari uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi. O’sha kuni mamlakatda harbiy holat joriy etilganligi haqida farmon e’lon qilindi. Urush butun mamlakat xo’jaligi, uning hayotini tubdan o’zgartirib yubordi. 1941-yil 30-iyunda SSSR XKS raisi va VKP(b) MK Bosh sekretari I. V. Stalin raisligida Davlat Mudofaa Qo’mitasi (DMQ)ning tuzilishi bilan mamlakatdagi butun siyosiy, harbiy va xo’jalik hokimiyati uning qo’liga o’tdi. Bundan tashqari I. V. Stalin 19-iyulda SSSR Mudofaa xalq komissari, 8-avgustda SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qo’mondoni lavozimini egalladi.