Orqaga

722 marta koʻrilgan

IV–XV

Ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar

Zamonasining buyuk davlatlari bo’lgan Qang’ va Kushon podsholigi davrida Qadimgi Turon diyori yuksala boshlagan edi. Bu davrda mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Shaharlarning soni ko’paydi va hududi kengaydi. Shaharlar ilk o’rta asrlardan boshlab hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayot markaziga aylangan. Vohalarda yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaygan. Suv tegirmoni, chig’ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan. Oqar suv sathidan balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarilgan.