1
Ulashish
544 marta koʻrilgan
1874–1922
Ibrohim Davron
Ibrohim Davron (asl ism-sharifi Mirzaa’zam Ibrohim o’g’li) – o’zbek shoiri, ma’rifatparvar, dramaturg, publitsist. Davron, asosan, she’r va pyesalar, maqolalar yozgan. «Ash’ori nisvon», «Turkcha fig’onlar», «Oltin so’zlar», «Ta’lim jug’rofiyasi» sheʼr va topishmoq to’plamlari; „Og’ir hollar», «Vatan ishqi», «Tengsiz uylanish» va boshqa pyesalarida vatan taqdiri uchun qayg’urgan, ayollarning ahvoli, chor Rossiyasi zulmi ostidagi og’ir hayotni tasvirlagan, xalqni bilim olishga chaqirgan. Ibn Sino asarlari taʼsirida tibga oid lug’at tuzgan. Qo’qonda birinchi bo’lib suratxona, «Madoro» nomli kutubxona ochgan. Hamza bilan hamkorlikda «Kengash», «Hurriyat» jurnallarini chiqargan, jurnallarda rassomlik qilgan, yoshlar tarbiyasiga oid maqolalar yozgan.1918-yil dan boshlab maktablar ochish ishlarida faol ishtirok etgan. Shunday keng qirrali shaxs bo’lgan Ibrohim Davron haqida boshqa ma’lumotlar bilan maqolada batafsil tanishishingiz mumkin.