0
Ulashish
536 marta koʻrilgan
1883–1942
Hoji Muin ibn Shukrullo
Hoji Muin Shukrullo o’g’li 1883-yil 19-martda Samarqand shahrining Ruhobod guzarida tug’ilgan. Otasi Shukrullo Mirsaid o’g’li va onasi Nusratoy Bobokalon qizidan erta yetim qolgan Hoji Muinni Ruhobod guzari masjidi imomi bo’lgan bobosi Mirsaid Muhammadsharif o’g’li o’z tarbiyasiga olgan. Hoji Muin ilk saboqlarni, jumladan, arab tili va diniy ilmlarni bobosidan olgan. Uning moddiy va maʼnaviy qo’llab-quvvatlashi bilan Samarqand madrasalarida tahsil olgan. Hoji Muinga o’z davrining mashhur mudarrislaridan biri, taraqqiyparvar ulamo va mashhur shoir Saidahmad Vasliy Samarqandiy arab tili qoidalari fanidan dars bergan. Maqolada Hoji Muin Shukrullo o’g’li haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.