1
Ulashish
552 marta koʻrilgan
1889–1938
G’ulom Zafariy
G’ulom Zafariy 1889-yili Toshkentning Beshyog’och dahasiga qarashli Kattabog’ mahallasida tavallud topgan. Avval eski maktabda, keyin xususiy rus maktabida, Xo’ja Ahmad va Ko’kaldosh madrasasida ta’lim oldi. G’ulom Zafariy Termizda 1927-yildacha faoliyat ko’rsatdi. Shundan so’ng Toshkentga kelib, ijod bilan mashg’ul bo’ldi. Qo’qon, Andijon shahar teatrlarida adabiy emakdosh va rejissor sifatida ish olib bordi. Adibni 1937-yilda «xalq dushmani» deb e’lon qilishadi va u shu yili 29-oktabrda ikkinchi bor qamoqqa olingan, 1938-yil 4-dekabrda qatl etilgan. Ushbu maqola G’ulom Zafariyning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar orqali Zafariy shaxsi bilan yanada yaqindan tanishishingizga ko’mak beradi.