Orqaga
G'ildirak qanday ixtiro qilingan?

890 marta koʻrilgan

m. a. 4500–3300

Gʻildirak

G’ildirak turli mashinalarda mexanik ish bajaruvchi, o’z o’qi atrofida aylanuvchi doirasimon uskunadir. G’ildirak sirpanmay harakatlanish, demakki nisbatan kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Odatda transport vositalarida qo’llaniladi. Ba’zan aylanuvchi doirasimon har qanday jismlarni ham g’ildirak deb atashadi G’ildirak — mashina va mexanizmlarning aylanma harakatni uzatish yoki boshqa harakatga o’zgartirib berish uchun xizmat qiladigan detali. Gupchakka o’rnatilgan disk yoki spi-sali chambarak shakliga ega. G’. mashina yoki mexanizm o’qida erkin aylanishi yeki unga mahkamlab o’rnatib qo’yilishi (o’q bilan birga aylanishi) mumkin. G’ildirak insoniyatning ilk kashfiyotlaridan biri. U taxminan miloddan avvalgi 4 minginchi yillar o’rtalaridan oldin ma’lum (Mesopotamiya). Suriladigan yuk ostiga qo’yiladigan yog’och g’altakmolani ilk G’. deb hisoblash mumkin. Dastlabki G’oldirak. to’g’ridan-to’g’ri oʻqqa oʻrnatilgan diskdan iboratbo’lgan.