Orqaga
Germaniyada natsistlar tuzumi.

991 marta koʻrilgan

1933-1939

Germaniyaning 1933–1939-yillardagi ichki va tashqi siyosati

Urush natsistlar tuzumining asosiy vazifasi edi. Siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha sohalaridagi tadbirlar bitta maqsad — boshqa mamlakatlarning armiyasidan son va sifat jihatidan bir necha karra ustun qurolli kuchlarni tuzish, Gitler rahbariyatining tajovuzkor rejalarini tez va talafotsiz amalga oshirish imkonini beruvchi harbiy doktrinani yaratishga qaratilgandi. Qisqa vaqt ichida eng zamonaviy qurol-aslahalar yaraladi. Tashqi siyosatni esa Gitler о’zining ʼʼMayn Kampfʼʼ kitobidagi rejaga muvofiq qat’iy ravishda amalga oshiradi.