Orqaga

705 marta koʻrilgan

XIV asr

Fransiyada general shtatlar

Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV o’z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion shahri va viloyatini qirol domeniga qo’shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakat shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Yevropa hukmdorlaridan Filipp IV birinchi bo’lib katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy VIII ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to’lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to’xtatishini talab qiladi.