Orqaga

657 marta koʻrilgan

XX–XXI

G‘arb mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi. Yevropa Ittifoqi va AQSH munosabatlari

XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan kapital, tovarlar, xizmat ko’rsatish va ishchi kuchining erkin harakatlanishi G’arbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlanish va yashash darajasini bir-biriga yaqinlashtirdi. Ishchi kuchining rivojlangan mamlakatlarga mavsumiy yoki shartnoma asosida ishga borishi kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik muammosini hal qilishga ko’maklashdi. Qoloq mintaqalarni rivojlantirish umumyevropa dasturlari ham bu mintaqalarning iqtisodiy o’sishiga yordam berdi.