Orqaga
Futbol oʻyinining boshlanish davri.

912 marta koʻrilgan

V asr

Futbol oʻyinining boshlanish davri

Biz bilgan futbol XIX asrda Britaniyada rivojlangan, ammo o‘yinning oʻzi aslida bundan ancha yillar avval paydo boʻlgan. Darhaqiqat, bu atama tarixan otda o‘ynaladigan o‘yinlardan farqli oʻlaroq, piyoda oʻynaladigan oʻyinlarga nisbatan ishlatilgan. Shuning uchun “futbol” so‘zi har doim ham to‘p tepishni anglatmagan. Bu oʻyin odatda erkaklar tomonidan o‘ynalgan, ammo XVII asrning oxirida Shotlandiyadagi shaharchada turmush qurgan va yolg‘iz ayollar o‘rtasida ham oʻynalgan. Turmushga chiqqan ayollar muntazam ravishda g‘alaba qozongan.

Mavjud dalillar futbolning eng qadimgi shakli Xitoyda o‘ynalgan va 3000 yil oldin paydo boʻlgan “tsu’chu” ekanini koʻrsatadi. U imperatorning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun uyushtirilgan tantanalar paytida namoyish etilgan. Jarayon charm to‘pni 30–40 sm uzunlikdagi ochiq joydan uzun bambuk tayoqlarga mahkamlangan kichik to‘rga tepishni anglatardi. Bu katta mahorat va mukammal texnikani talab qilgan.

Futbol oʻyinining boshlanish davri.

Yuan sulolasi rassomi Tsyan Xuan (1235-1305) tomonidan oʻzining bosh vaziri Chjao Pu (chào Pu) va boshqa vazirlar bilan cuju (xitoy futboli) oʻynayotgan Song imperatori Taizu tasvirlangan rasm / wikipedia.org

Shuningdek, o‘yinning yana bir shakli Uzoq Sharqdan kelib chiqqan yapon “kemari”sidir. U taxminan V asrda paydo bo‘lgan va hozirgacha o‘ynab kelinadi. Bu dumaloq toʻpli futbol o‘yinining bir turi bo‘lib, uni oʻynash uchun ma’lum bir koʻnikma va tajribalar talab qilingan. Ammo Xitoy o‘yini kabi raqobatga boy emas edi va to‘pga egalik qilish uchun kechadigan kurashning zarrachalik ahamiyati yoʻq boʻlgan. O‘yinchilar to‘pni yerga tegizmaslikka harakat qilib, nisbatan kichik maydonda bir-biriga uzatishi kerak boʻlgan.

Futbol oʻyinining boshlanish davri.

Fransiya Gvianasida toʻp oʻynayotgan bir guruh mahalliy aholi / wikipedia.org

Rimliklar esa ancha jonli o‘yin boʻlmish “harpastum” oʻynar edi. Jamoaning har bir a’zosi o‘ziga xos taktik topshiriqqa ega bo‘lib, jarayon va hisob bilan qiziqardi. Oʻyinda oyoqning ahamiyati unchalik ham muhim bo‘lmagan. O‘yin 700 yoki 800 yil davomida mashhurligini saqlab qoldi, ammo Angliyaga olib kelingan bo‘lsa-da, zamonaviy futbolning peshqadami deb hisoblash mumkinmi yoki yoʻq — aniq emas.

VIII asrdan XIX asrgacha Buyuk Britaniyada gullab-yashnagan o‘yin ilgari ma’lum bo‘lgan barcha shakllardan sezilarli darajada farq qilar edi — ko‘proq tartibsiz, shafqatsizlarcha, rejalashtirilmasdan va odatda cheksiz miqdordagi o‘yinchilar tomonidan o‘ynalardi. Ko‘pincha o‘yinlar butun qishloqlar o‘rtasida qizg‘in musobaqa shaklida oʻtkazilgan. Raqiblarni tepishga ham ruxsat berilardi, chunki oʻyin paytida deyarli hamma narsa boʻlishi mumkin edi.

Futbol oʻyinining boshlanish davri.

Richmond Paddokdagi Avstraliya qoidalari boʻyicha futbol oʻyini yogʻoch oʻymakorligi, Melburn, 1866-yil / wikipedia.org

Rasmiylar bu qoidani cheklash uchun bir necha bor aralashgan bo‘lsa-da, futbolga nisbatan katta ishtiyoqni soʻndirolmagan. XIV–XV asrlarda Angliya, Shotlandiya va Fransiya futbolni qonun yoʻli bilan taqiqladi, u bilan birga keladigan tartibsizliklar yoki sevimli dam olish subyektlarining foydaliroq harbiy intizom tartiblari bilan band boʻlishiga to‘sqinlik qilganligi bunga sabab boʻlgan. Biroq ushbu harakatlarning hech biri arzirli samara bermadi.

Inglizlarning futbolga bo‘lgan ishtiyoqi, ayniqsa, XVI asrda kuchli bo‘lgan, bunga Italiyaning ancha yaxshi tashkil etilgan “kalsio” o‘yinining mashhurligi ta’sir ko‘rsatdi. Ingliz futboli har doimgidek qo‘pol edi, lekin u maktab direktori Richard Malkasterdek taniqli tarafdorga ega boʻldi. Uning ta’kidlashicha, bu oʻyin ijobiy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, salomatlikni mustahkamlash va kuchli boʻlishga yordam beradi. Malkasterning ta’kidlashicha, oʻyinni biroz tartibga keltirish, har bir jamoadagi ishtirokchilar sonini cheklash va, eng muhimi, o‘yinni nazorat qiluvchi hakam bo‘lishi kerak edi.

Futbol oʻyinining boshlanish davri.

Shotlandiyada “futbol oʻyini”, 1830-yil / wikipedia.org

O‘yin XIX asrning boshlarigacha, yaʼni bir qator nufuzli ingliz maktablari o‘zining moslashtirilgan variantlarini ishlab chiqqungacha tartibsiz shaklda davom etdi. Ba’zilarida, jumladan, regbi maktabida to‘pni qo‘l bilan ushlash yoki olib yurish mumkin edi, raqiblar bir-birlarini chalib yiqitishi va hatto tepishi mumkin bo‘lgan. Futbol jamoaviy o‘yin sifatida sadoqat, fidoyilik, hamkorlik, bo‘ysunish, jamoaviy ruhga hurmat kabi go‘zal fazilatlarni shakllantirishga yordam berishi tarbiyaviy davralarda e’tirof etildi. Maktablarda “o‘yin kulti” paydo bo‘ldi va futbolning ba’zi turlari o‘quv dasturining majburiy qismiga aylandi.

Oʻyinning rivojlanishi 1863-yilda avjiga chiqdi. Kembrij universitetida tashabbuskorlik harakati hamma tomonidan qabul qilinadigan ba’zi yagona standart va qoidalarni oʻrnatishga kirishdi, ammo asosan ikkita guruh bor edi: ozchilik qismi — Regbi maktabi tarafdorlari edi va boshqalari esa oʻyinning oʻziga xos shakllarini, xususan, oʻyinchilarga toʻpni olib yurishga ruxsat berishni davom ettirishni xohladi. Oʻsha yilning oktabr oyida Londonning oʻn bitta klubi va maktablari oʻyinlarni oʻzaro boshqarish uchun asosiy qoidalar toʻplamini yaratish maqsadida oʻz vakillarini yubordi. Ushbu uchrashuv futbol assotsiatsiyasining tashkillashtirilishini boshlab berdi.

Raqiblarni tepish, chalib yiqitish va toʻpni qoʻlda olib yurish bilan bogʻliq bahslar yigʻilishlarda har tomonlama muhokama qilindi, oxir-oqibat 8-dekabr kuniga qadar regbi uslubining oʻta ogʻir ishtirokchilari chekinib, regbi va futbol oʻrtasidagi soʻnggi boʻlinishni koʻrsatdi. Sakkiz yil ichida futbol assotsiatsiyasiga 50 ta klub a’zo boʻldi va dunyodagi birinchi futbol musobaqasi — Angliya kubogi boshlandi.



Muqova suratlar: unsplash.com / freepik.com