2
Ulashish
1168 marta koʻrilgan
1859–1909
Furqat
XIX asr 2-yarmi va XX asr boshlaridagi o’zbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar, lirik shoir, otashin publitsist Zokirjon Furqat Qo’qon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Bo’lajak shoirning otasi zamonasining ilg’or fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor bo’lgan. Mullo Xolmuhammad xususan badiiy adabiyot muxlisi bo’lib, o’zi ham she’riy iqtidor sohibi edi. Zokirjon mahallasidagi maktabda tahsil ko’radi, ayni zamonda otasi yordamida mustaqil mutolaa orqali o’zbek va fors adabiyotining buyuk namoyandalari merosini, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini chuqur o’rganadi, forsiy tilni mukammal o’zlashtiradi.