Orqaga

836 marta koʻrilgan

1792–1799

Buyuk fransuz burjua inqilobining yakuni va tarixiy ahamiyati

Lyudovik XVI qatl etilgach, Prussiya, Ispaniya, Angliya va Avstriya monarxlarining bosqinchilik hujumi kuchaydi. Jirondachilar mamlakat mudofaasini yetarli darajada tashkil eta olmadi. Buning ustiga, mamlakat janubida yerlarning shahar burjuaziyasiga sotilayotganidan norozi bo’lgan dehqonlar isyoni boshlandi. Isyonchilar qirolning qatl etilishini jinoyat deb hisoblardi. Yakobinchilar mamlakatdagi bu og’ir vaziyat uchun jirondachilarni aybladi. Ular Parij aholisini qo’zg’olonga chaqirdi. Boshlangan qo’zg’olon 1793-yilning 2-iyun kuni jirondachilar hokimiyatining ag’darilishi bilan yakunlandi.