Orqaga

1209 marta koʻrilgan

1871-yil

Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat toʻntarishi

Mag’lubiyat haqidagi xabarni eshitgan Parij aholisi 3-sentabr kuni qo’zg’olon ko’tardi. Ular Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildi. Xalq talabi bilan 4-sentabr kuni Fransiyaning qonun chiqaruvchi Korpusi imperator ag’darilganini e’lon qilishga majbur bo’ldi. Ayni paytda Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.