Orqaga

716 marta koʻrilgan

1852-yil

Fransiyada Ikkinchi imperiyaning oʻrnatilishi

1815-yilda hokimiyati qayta tiklangan Burbonlar sulolasining vakili Lyudovik XVIII Napoleon tarafdorlaridan o’ch ola boshladi. Ko’plab harbiylar otib tashlandi. Butun hokimiyat eski o’rta asr feodal tuzumi tarafdorlari qo’lida to’plandi. Aholining atigi bir foizga yaqini saylov huquqiga ega bo’ldi. Burjuaziya, hunarmandlar, ishchi va dehqonlarga saylov huquqi berilmadi. 1824-yilda Lyudovik XVIII vafot etdi. Taxtni ukasi Karl X egalladi. U o’z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, 1830-yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Ayni paytda yangi parlamentga o’tkaziladigan saylovda saylov huquqining yanada cheklanishini ma’lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi.